Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar hamda davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarni qo‘llanish holati o‘rganildi

🔻Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganish davomida mahalladagi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy holati, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan ehtiyoj va muammolariga e’tibor qaratildi. Xususan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga zarur yordamlarni tashkil etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔻Ayniqsa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan, harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda doimiy ko‘makka ehtiyoj sezadigan fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning holidan muntazam xabar olish va zarur ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🔻Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bandligini ta’minlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va reabilitatsiya imkoniyatlaridan foydalanishi uchun zarur sharoitlarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratish tavsiya etildi.

Slide 1 of 2