Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
DEPUTAT AXBOROT BERDI. 2026-YIL III CHORAKDA DEPUTAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2026-yil III choragi davomida saylov okrugi hududida deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Uy-joy va hudud infratuzilmasi yo‘nalishida:
2-Charx Kamolon mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning texnik holati, tom qismlari, ichki ko‘chalar, yoritish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi. 15- va 16-sonli, shuningdek 2-, 4-, 15- va 16-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy ta’mirlandi

2. Yo‘l va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha:
2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-24-ChK/25-son qaroriga muvofiq, Charx Kamolon-2 mahallasidagi 170 va 171-uylar oldidagi 970 kvadrat metr hududga asfalt qoplamasi yotqizildi. Hududdagi xavf tug‘diruvchi daraxtlar holati ham o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

3. Elektr va issiqlik ta’minoti masalalari yuzasidan:
Fuqarolarning elektr ta’minotidagi uzilishlar, kuchlanish pasayishi va boshqa muammolari o‘rganilib, deputatlik so‘rovlari yuborildi. 2026-yil 23-iyuldagi 56-ds-413-26-sonli deputatlik so‘rovi natijasida murojaatlarda ko‘tarilgan muammolar ijobiy hal etildi
Issiqlik ta’minoti masalasi bo‘yicha “VEOLIA ENERGY TASHKENT” MChJga deputatlik so‘rovi yuborildi.

4. Ta’lim va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar:
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablari ijrosi, moddiy-texnik baza, sport zallari va jihozlar holati o‘rganildi. “Navbahor” maktabgacha ta’lim muassasasida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ko‘rib chiqildi. 3- va 4-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘idagi bolalar o‘yingohi holati o‘rganilib, uni rekonstruksiya qilish va zamonaviy, xavfsiz jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.

5. Ijtimoiy himoya yo‘nalishida:
O‘RQ-415-son Qonun talablari ijrosi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyozlar, ijtimoiy xizmatlar va reabilitatsiya vositalaridan foydalanish holati 2-Charx Kamolon va 3-Charx Kamolon mahallalarida o‘rganildi

6. Yoshlar, xotin-qizlar va oilalar bilan ishlash
Yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bandligi, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati o‘rganildi. Xotin-qizlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari bandligi, ijtimoiy himoyasi va oilaviy muammolari ko‘rib chiqildi. Oilalarda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash:
2-Charx Kamolon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganilib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ishlari tahlil qilindi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi

8. Huquqbuzarliklarning oldini olish:
Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik va tarbiyaviy ishlar, ularning ijtimoiy moslashuvi, bandligi va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish choralari o‘rganildi. Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

9. Madaniyat va ma’rifat sohasida:
5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyati, moddiy-texnik bazasi, kutubxona fondi hamda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish ishlari o‘rganildi.

10. Fuqarolar murojaatlari va deputatlik nazorati:
III chorak davomida saylovchilar murojaatlari asosida muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi va
ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishi — fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan muammolarni amaliy hal etishdan iborat bo‘ldi

Slide 1 of 6