Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
“INNOVATSION FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan tumanda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
💻 O‘rganish davomida tuman hokimining Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Mirtojiyev Javoxirning faoliyati, shuningdek, hududning turistik salohiyatini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi.
🌐 Jumladan, “TURIST24.UZ” — hududlarning turistik salohiyatini raqamlashtirish va sayyohlar uchun xavfsiz elektron infratuzilma tizimi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
🏞 Mazkur loyiha orqali Parkent tumanining:
🍇 agroturizm, uzumchilik va enoturizm;
🏡 dam olish maskanlari, dacha va ekouylar;
🍽 gastronomik turizm;
🕌 ziyorat va madaniy-tarixiy obyektlar;
🔬 ilmiy-tanishtiruv turizmi;
🗺 interaktiv xarita va 360° virtual sayohatlar;
🆘 sayyohlar xavfsizligi hamda SOS xizmatlari kabi yo‘nalishlarini yagona raqamli platformada birlashtirish ko‘zda tutilgan.
⚖️ Shuningdek, o‘rganish jarayonida “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Xususan, tumanda innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, raqamli yechimlardan foydalanish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hudud rivojiga ta’siri masalalariga e’tibor qaratildi.
🤖 Ayniqsa, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali sayyohlarning qiziqishi, mablag‘i va safar davomiyligidan kelib chiqib individual turistik yo‘nalishlarni tavsiya etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
📈 Deputatlar tomonidan tumanning mavjud turistik imkoniyatlarini zamonaviy raqamli va innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, mahalliy tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda turizm sohasidan olinadigan daromadlarni oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.
⚠️Tumanimizning turistik va innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish — hudud iqtisodiyoti va aholi farovonligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2