Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja 

#Kotibiyat_mudiri

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

#162_qonun 

#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri,deputat A.A.Pardayev hamda Kengash bosh mutaxassisi B.Qurbonov tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldilar. Monitoring O‘zbekiston Respublikasining "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda o‘tkazildi.

Tashrif davomida VTEK xulosalari asosida nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari hamda markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar va xodimlarning muomala madaniyati tahlil etildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha markaz rahbarlariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1