Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag‘och" saylov okrugi deputati Ziyoda Xaydarova hamda "11-Taqachi" saylov okrugi deputati Saodat Dusmuxamedova tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan talaba qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🗣 Samimiy va ochiq suhbat davomida deputatlar tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan deputatlik faoliyati, xalq vakilining jamiyat oldidagi mas’uliyati, fuqarolar bilan muloqot qilish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi.

📇 Suhbat jarayonida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar, jumladan, “Ayollar daftari” tizimi orqali ko‘rsatilayotgan ko‘mak va yaratilayotgan sharoitlar haqida ham fikr almashildi.

💹 Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda o‘z iqtidor va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

🧠 Muloqot davomida xotin-qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at va sport sohalaridagi o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi ham alohida e’tirof etildi. Talaba qizlarni ilm olishga, izlanishga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yib, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga chorlash yuzasidan fikrlar bildirildi. Ochiq suhbat davomida talaba qizlarning savollari, fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha muloqot qilindi.

⏫️ Mazkur uchrashuv yosh avlod vakillarining huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, deputatlik faoliyatining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish hamda talaba qizlarning ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish nuqtayi nazaridan mazmunli va manfaatli tadbir bo‘ldi.

Slide 1 of 9