Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida

🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Hazorman” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-364-sonli Qonuni ijrosi keng muhokama qilindi.
🏦Muhokama davomida vasiylik va homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy, maishiy hamda ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🏦Xususan, voyaga yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish, vasiy va homiylarning zimmasidagi majburiyatlarni bajarishi hamda tegishli tartib-taomillarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏦Shuningdek, mahallada vasiylik va homiylikka oid masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ehtiyojmand fuqarolarga zarur ijtimoiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
🏦Muhokama yakunida qonun talablarining amaliy ijrosini ta’minlash, vasiylik va homiylikdagi shaxslarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🏦O‘rganish va deputatlik nazorati ishlari davom etmoqda.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3