Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Bandlik masalasi xonadonbay o‘rganilmoqda

Bandlik masalasi xonadonbay o‘rganilmoqda

Avvalgi o‘rganishlar davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov bilan birgalikda “Yangi makon” OFY hokim yordamchisi H.Yakupov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

📍 Dastlab ishsiz fuqaro A.L.ning xonadoniga borilib, uning bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi.

Fuqaroga qurilish sohasida ishlash imkoniyati taklif etildi, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

🤝 Bunday xonadonbay o‘rganishlar orqali ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularga mos ish va daromad manbalarini taklif etish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 1