Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala #kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #nazorat_tahlil #162_ta_Qonun_ijrosi

«Bog‘iston» mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan saylangan deputat U. Xo‘shboqovning saylov okrugi hududidagi «Bog‘iston» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borish hamda huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan manzilli ishlash holatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-son Qonuni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borildi. Unda profilaktika inspektorining qonunda belgilangan vazifalarni bajarishi, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida sessiya kun tartibidagi mazkur masala bo‘yicha mavjud holat, amalga oshirilgan ishlar hamda aniqlangan muammolar yuzasidan ma’lumotlar jamlandi. Profilaktika inspektorining mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi faoliyati, hududda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida hamda tuman Kengashining sessiyasida muhokama qilish uchun umumlashtiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1