Hazorasp tumani Al-Xorazmiy mahallasida "Deputat mahallada" loyihasi doirasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda 21-son maktab xodimlari, mahalla faollari, tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati, Gʻ.Ismoilov aholi bilan bevosita muloqot olib bordi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida fuqarolar tomonidan berilgan savol va takliflarga deputat tomonidan atroflicha javoblar berildi.