Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI BO‘YICHA TAKLIFLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati M.Sattarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

 Farg‘ona shahar Kengashi deputati M.Sattarov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholining muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputat va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yulduz” MFYda bo‘ldilar.

➡️ O‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi oilalar va bolajonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, ushbu ko‘chada zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish va aholining murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar atrofliroq ko‘rib chiqildi. Hozirda hududdagi mavjud bo‘sh yer maydonlari va bolalar o‘yin maydonchasini tashkil etish jarayoni bevosita joyida o‘rganildi.

⌛ Mazkur masalalar yuzasidan bolalar maydonchasi qurilishini qisqa fursatlarda barpo etish, zarur infratuzilmani shakllantirish, rejadagi chora-tadbirlar ijrosini jadallashtirish va tizimli davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

✅ Tadbir yakunida hududlarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, xususan, bolalar maydonchalarini barpo etish jarayonini doimiy nazorat qilib borish hamda belgilangan qarorlar ijrosining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3