Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH - HISOBOT ESHITILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Doimiy_komissiyalar #ekspert_guruhlari

BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH - HISOBOT ESHITILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗣 Yig‘ilishda Uchtepa tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i F.Taxirovning bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

📊 Hisobot davomida tumanda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

📇 Shuningdek, aholining doimiy daromad manbalarini shakllantirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga fuqarolarni yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda bandlik dasturlarining amaliy ijrosi yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

📁 Hisobotni muhokama qilish jarayonida mavjud masalalar yuzasidan tegishli savollar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan takliflar ilgari surildi. Yig‘ilish ishida Doimiy komissiya raisi J.Karimov boshchiligida komissiya a’zolari B.Xalmatov, S.Malikova, U.Begjanov, shuningdek, ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakuni bo‘yicha mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish belgilandi.

Slide 1 of 6