Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
BO‘ZSUV KANALI BO‘YIDAGI ISHLAR QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

BO‘ZSUV KANALI BO‘YIDAGI ISHLAR QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan Ko‘ksaroy mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali bo‘yida tadbirkor tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🗂 O‘rganish davomida kanal bo‘yini beton qoplama bilan qoplash ishlari “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasi talablari ijrosi asosida ko‘rib chiqildi. Mazkur moddaga ko‘ra, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlariga tutash hududlar suvni muhofaza qilish zonalari hisoblanadi hamda ular suv obyektlarini ifloslanish, bulg‘anish va sayozlanishdan himoya qilish maqsadida tashkil etiladi. Shuningdek, Qonunning 41-moddasida suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarida belgilangan rejim hamda cheklovlarga rioya etish talablari belgilangan.

📁 Shundan kelib chiqib, deputat tomonidan mas’ullarga suv obyektlarini muhofaza qilish, suvdan oqilona foydalanish, kanalning tabiiy holati va hududning ekologik muvozanatini saqlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish jarayonida Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Slide 1 of 5