Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan joriy oyda Kengash sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonovning hisobotini joyiga chiqib o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida hududlarda elektr energiyasi ta’minotining barqarorligi, mavjud muammolar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilindi.
Shuningdek, elektr tarmoqlarining texnik holati, mavjud transformator va elektr uzatish liniyalarining sozligi, aholining murojaatlari bilan ishlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, ular sessiyada muhokama qilish uchun tayyorlanmoqda.
Bunday joyiga chiqib o‘rganishlar sessiyaga kiritilayotgan masalalarning haqqoniy va xolis tahlil qilinishini, mavjud muammolarni aniq belgilash hamda ularning yechimi bo‘yicha samarali choralar ko‘rishni ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 9