Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👩‍💼 “OLIMPIYA” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 GULOBOD MAHALLASIDA YO‘L, YORITISH VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 JAMOATCHILIK NAZORATI — OCHIQLOLIK VA HISOBDORLIKNING MUHIM VOSITASI
янв.21
🚦 XORAZM VILOYATIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏥 XORAZM VILOYATIDA TIBBIYOT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA TIBBIY KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🚔 XORAZM VILOYATIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMADA
янв.21
⚖️ XORAZM VILOYATIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILADI
янв.21
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏛 SHEROBOD MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
31-“OLIM XO‘JAYEV” SAYLOV OKRUGIDA DEPUTATLIK NAZORATI VA SAYLOVCHILAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️31-“OLIM XO‘JAYEV” SAYLOV OKRUGIDA DEPUTATLIK NAZORATI VA SAYLOVCHILAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov Shayxontohur tumanidagi 31-“Olim Xo‘jayev” saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish doirasida 254-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🏫 Maktabda 1-sentyabr — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sinfxonalar va maktab infratuzilmasining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud masalalar yuzasidan maktab mas’ullari bilan fikr almashilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim jarayoniga to‘laqonli jalb etilishi, ular uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish, tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Muqaddas Rahmatillayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Yo‘ldoshxo‘jayeva ishtirok etdi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish va ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔎 Shu bilan birga, mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar asosida mahalladagi yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, kommunal xizmatlar, sanitariya-tozalik, jamoat transporti, obodonlashtirish, aholi bandligi hamda hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

📁 O‘rganish va muloqot davomida aniqlangan muammolar hamda fuqarolardan kelib tushgan takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda manzilli hal etish va ijrosini nazorat qilib borish belgilandi.

✅ Aziz Ibragimov ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish, mahallalardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqot olib borish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi. Ko‘tarilgan masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4