Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tumanning “Besh-tut” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi D.Ikromova tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar haqidagi ma’lumotlar, ularning bandligi, ta’lim olayotgani, ishsiz yoshlar bilan ishlash holati hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bor yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, yoshlarni sport, madaniyat va san’at, ta’lim hamda turli to‘garaklarga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgani ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalish mahallada yoshlar bilan ishlashning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

🔻Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga belgilangan tartibda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikka qiziqishini oshirish hamda oliy ta’limga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarga amaliy ko‘mak berish holati o‘rganildi.

🔻Deputat tomonidan yoshlar yetakchisiga har bir yosh bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2