Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Chiqindi poligoni holati deputatlik nazoratida o‘rganildi

Chiqindi poligoni holati deputatlik nazoratida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh. Norsayev tomonidan tuman hududidagi chiqindi poligoni faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-son "Chiqindilar to‘g‘risida"gi Qonuni talablari ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur Qonunning asosiy maqsadi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga hamda atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, ularning hosil bo‘lishini kamaytirish va oqilona foydalanishni ta’minlashdan iborat.

O‘rganish jarayonida maishiy chiqindilarni shunchaki poligon hududiga olib kelib to‘kish muammoning yechimi emasligi ta’kidlandi. Chiqindilarni uyda saqlash yoki ko‘chalarga tashlash qanchalik noto‘g‘ri bo‘lsa, ularni hech qanday qayta ishlash va zararsizlantirish choralarini ko‘rmasdan poligonga to‘kish ham ekologik muammoni bartaraf etmaydi.

Shuningdek, chiqindilar parchalanishi natijasida atmosfera havosiga zararli gazlar ajralib chiqishi, filtratsiya suvlari orqali tuproq va yer osti suvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ochiq holda saqlanayotgan chiqindilar esa shamol ta’sirida keng hududlarga tarqalib, atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan chiqindilarni saralash, qayta ishlash, zamonaviy utilizatsiya usullarini joriy etish hamda ularning tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy komissiya tomonidan deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4