Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANIDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 “BUYUK IPAK YO‘LI” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Saidova Nigora Rajabboyevna hamda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich ishtirokida “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida P. To‘lakov ko‘chasida uyma-uy yurilgan holda fuqarolarning yashash sharoiti, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi.
🏘 AHOLI MUAMMOSI — JOYIDA O‘RGANILDI
Muloqot davomida fuqarolar D. Choriyeva, M. Primova, X. Abdurahmonov va S. Qurbonov tomonidan P. To‘lakov berk ko‘chasining 200 metr qismini asfaltlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Mazkur masala yuzasidan aholining murojaati joyida o‘rganilib, uni hal etish bo‘yicha amaliy chora ko‘rish maqsadida shu kunning o‘zida deputat N. Saidova tomonidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni uyma-uy o‘rganish, aniq takliflarni shakllantirish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar oldiga masala qo‘yishdir.
Aholi bilan muloqot — muammoni aniqlashning, deputatlik nazorati esa uni hal etishning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4