Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I. Raximov tomonidan Do‘stlik MFY hududida aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida “Issiqlik manbai” MChJ mas’ullari bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida, avvalo, mahalla hududidagi aholining issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolari, xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud issiqlik tarmoqlarining holati, isitish mavsumiga tayyorgarlik hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat hamda mas’ul tashkilot vakillari tomonidan atroflicha o‘rganilib, har bir masala bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, kuz-qish mavsumida aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat I. Raximov tomonidan aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

🤝 Xalq bilan ochiq va bevosita muloqot — mavjud muammolarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish va aholining haqli talablarini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 5