Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💧 XALQ DEPUTATLARI XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATI TASHABBUSI BILAN XIVA SHAHRIDAGI “GULISTON” MAHALLASIGA YANA SUV KELDI
янв.21
MAHALLADA MUROJAATLARI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🍂 TIBBIY MUASSASANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 TIBBIY YORDAM SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
38-SON OILAVIY POLIKLINIKADA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
SUV TA’MINOTI VA SUG‘ORISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Samasarak” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida mahalla raisi S.Niyozaliyev bilan suhbat o‘tkazilib, Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosi, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini amaliyotga joriy etish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, deputat tomonidan mahallada “Mahalla yettiligi” faoliyatining tashkil etilishi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholining bandligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash holati yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olindi.O‘rganish yakunida mahalla raisi va “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1