Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi J.Ismonova tomonidan tumandagi Kutubxona-axborot markazining faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida markazning aholiga, ayniqsa, yoshlar va kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni
mutolaaga keng jalb etish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, kutubxona fondining holati, mavjud adabiyotlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida markaz xodimlari bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning
faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, mavjud ehtiyojlari va takliflari tinglandi. Kelgusida kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholining, xususan, yoshlarning kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishini ta’minlash
masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 6