Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Yo‘l masalasi — aholi va o‘quvchilar xavfsizligi masalasi

“Keneges” OFY 4-Keneges saylov okrugi hududida aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda navbatdagi manzil — Jasorat ko‘chasida fuqarolar va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi.

🚧 Uchrashuvda “Keneges” kanali bo‘yidan Jasorat va Sharq yulduzi ko‘chalarigacha, shuningdek, ushbu ko‘chalardan temir yo‘lga qadar bo‘lgan ichki yo‘llarni chig‘anoqtosh (Ракушка) bilan to‘ldirish va tekislash masalasi ko‘tarildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Mazkur yo‘llardan nafaqat aholi, balki maktab o‘quvchilari ham har kuni qatnab yurishi ta’kidlandi. Ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida yo‘llarning loy bo‘lib ketishi piyodalar va avtomobillar harakatini sezilarli darajada qiyinlashtirayotgani qayd etildi.

🌿 Shuningdek, “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mavjud muammolarni hamjihatlikda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

📝 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritilib, yo‘l holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy yechimlarni belgilash yuzasidan tegishli ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.