Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi

🔎 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumandagi 1-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
🏆 O‘rganish davomida sport musobaqalarida faol ishtirok etgan, yuqori natijalarga erishgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarni munosib rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli, samarali va belgilangan tartibda sarflanishi holati ko‘rib chiqildi.
💰 Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning amalda o‘zlashtirilishi, ularning belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi hamda sportchilarni rag‘batlantirish jarayonining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
📑 O‘rganish jarayonida tegishli hujjatlar, amalga oshirilgan ishlar va mablag‘lardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish va belgilangan vazifalarning amalda bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2