Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA INVESTITSIYA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi

Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman hududidan o‘tuvchi D012 “Toshkent – Chorvoq” avtomobil yo‘lining “Qoronqul” mahallasidan o‘tgan qismida qurilayotgan yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqdagi kanalda murojaat qoldirilgan edi. Murojaatda qurilish ishlari olib borilayotgan hududda fuqarolar, ayniqsa, piyodalar xavfsizligini ta’minlash choralari yetarli darajada tashkil etilmagani ko‘rsatilgan.

🔴Mazkur masala O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 18-“Xo‘jakent” saylov okrugidan saylangan deputat E.Shokirov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tuman hokimi o‘rinbosarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida qurilish hududidagi holat ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur choralarni ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

🔴Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, qurilish hududida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, harakatlanish uchun xavfsiz sharoit yaratish va zarur ehtiyot choralarini ko‘rish ishlari amalga oshirildi. Natijada ijtimoiy tarmoq orqali ko‘tarilgan mazkur masala joyida o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi va muammo bartaraf etildi.

Slide 1 of 2