Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI BO‘YICHA TAKLIFLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
19¹-MODDA TALABLARI ASOSIDA BUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Tuman Tibbiyot birlashmasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida xodimlarning sog‘lom turmush tarziga rioya etishi, muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi, profilaktik tadbirlarda ishtiroki hamda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Tadbir doirasida tibbiyot birlashmasining turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida “5000 qadam” aksiyasi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar jismoniy faollikning inson salomatligini mustahkamlash, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va ortiqcha vaznning oldini olishdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar. Ta’kidlanganidek, kunlik kamida 5000 qadam yurish inson organizmining faolligini saqlash, mehnat unumdorligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omil hisoblanadi.

🔻Shuningdek, tibbiyot muassasasida xodimlar uchun tayyorlangan to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar, ratsional oziqlanish tamoyillari, sabzavot va mevalar iste’molini ko‘paytirish, tuz, shakar hamda yog‘li mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilishga oid ko‘rgazma va materiallar ko‘zdan kechirildi. Bu borada profilaktik targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish va xodimlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng ommalashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5