Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#nazorat tadbiri
Yozning issiq kunlarida hududlarda sanitar-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va kotibiyatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

📌 Shunday navbatdagi amaliy o‘rganish "Chambil" mahallasida o‘tkazildi.
Kengash kotibiyati xodimlari Sevar Qodirova hamda Muhriddin Begmatov tomonidan mahalladagi chiqindi yig‘ish shoxobchalari va hududning sanitar holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijalari: Hududda sanitar holat qoniqarli darajada ekani, issiq kunlarda chiqindilar to‘planib qolishining oldi olinayotgani hamda biriktirilgan “Angren Bunyod Fayz” MChJ tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida va jadval asosida olib chiqib ketilayotgani kuzatildi.

🏛 Kengash faoliyati haqida:
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi va uning Kotibiyati shahar hududida aholi turmush farovonligini oshirish, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalari sifatini yaxshilash yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi. Bunday nazorat tadbirlari barcha mahallalarda bosqichma-bosqich o‘tkazib boriladi.
Slide 1 of 5