Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#deputat nazorati #tibbiy xizmat

Aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish doimo xalq vakillarining diqqat-e’tiborida.
Bugun  Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 13-okrug deputati Baxodir Miralimov hamda shahar Kengashi Kotibiyatidan biriktirilgan vakil Sevar Qodirova bilan birgalikda shahar markaziy shifoxonasida bo‘lib, qator muhim masalalarni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi jarayonlarga qaratildi:
🚑Bemorlarni qabul qilish, birinchi tibbiy yordamni tezkor va sifatli ko‘rsatish hamda navbatlar hosil bo‘lishining oldini olish holati;
💊Davlat tomonidan imtiyozli va bepul ajratilayotgan dori vositalarining dorixona va bo‘limlardagi zaxirasi, ularning bemorlarga adolatli va o‘z vaqtida yetkazilishi;
🏥Shifoxona bo‘limlaridagi sanitariya-gigiyena holati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda zamonaviy tibbiy texnikalarning sozliligi;
💬Shifokor va hamshiralarning bemorlar bilan muloqot madaniyati, navbatchilik jadvaliga rioya etilishi;
⚡️Shifoxonaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni.

O‘rganishlar davomida deputat B.Miralimov shifoxonada davolanayotgan fuqarolar va ularning yaqinlari bilan shaxsan muloqot qilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan qanchalik mamnun ekanliklari va mavjud muammolar bilan qiziqdi.
"Aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan ishonchi — eng muhim mezon. Bepul berilishi belgilangan har bir dori vositasi o‘z egasiga yetib borishi va har bir bemorga malakali e’tibor ko‘rsatilishi shart," — deb ta’kidladi deputat B.Miralimov.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha aniqlangan ba’zi kamchiliklar yuzasidan shifoxona mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 8