Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI MANZILLI O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 YANGI OILAVIY POLIKLINIKANING FOYDALANISHGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🔥 BOG‘DOR MAHALLASIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARI TARG‘IBOT QILINDI
янв.21
BOG‘DOR MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#natija #deputat nazorati

Respublikamiz bo‘ylab yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” dasturi amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur hamda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva ishtirokida 5-sonli umumta’lim maktabida kompleks o‘rganish o‘tkazilgan edi.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilingan edi:
Yozgi sog‘lomlashtirish maskani: To‘garaklar faoliyati va xavfsizlik choralari;
Tozalik va tartib: Sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlik;
Obodonlashtirish: Hududni ko‘kalamzorlashtirish va estetik holat.

⚠️ Natija uzoq kuttirmadi!
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va berilgan topshiriqlar yuzasidan tizimli ishlar tashkil etildi. Bugungi kunga kelib, maktab hududi va uning atrofi to‘liq tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.
Deputatlik nazorati hamda shahar hokimligining mas’uliyatli yondashuvi natijasida topshiriqlar o‘z muddatida, sifatli bajarildi. Bu kabi amaliy hamkorlik shahrimizning yanada obod va go‘zal bo‘lishiga, farzandlarimizning esa xavfsiz va shinam maskanlarda kamol topishiga xizmat qiladi.

Kengash qarorlari ijrosi va bolajonlarimizning xavfsizligi doimiy nazoratimizda.

Slide 1 of 3