Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
#sessiyaga qadar o'rganish #nazorat tahlili

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov tomonidan shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
Bugungi kunda aholi tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarning holati bilan yaqindan tanishish;
Murojaat soni ortgan mahallalar faoliyatiga xolis baho berish hamda ularga jamoatchilik asosida amaliy ko‘mak ko‘rsatish;
Eng muhimi — navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan har bir masalani har bir saylov okrugi kesimida atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil qilish.

Bu orqali sessiyaga qadar qabul qilinadigan qarorlar loyihasini har tomonlama puxta tayyorlash hamda qog‘ozda emas, amaliyotda aniq natijalarga erishish maqsad qilingan.

Jarayon davomida Kengash raisi o‘z saylov okrugidan kelib tushgan murojaatlarni ham birma-bir ko‘rib chiqdi. Tahlillar davomida asosiy e’tibor takroriy va yechimi kechikayotgan murojaatlarga qaratildi. Aniqlangan muammolar soha mutaxassislari bilan birgalikda shahar miqyosidagi barcha mahallalar kesimida tahlil qilinib, Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan bo‘ldi.

📝 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash va o‘rganish ishlariga Kengash kotibiyatidan mas’ul xodim Muhriddin Begmatov biriktirildi.

Aholi muammolarini chuqur tahlil etish va puxta qarorlar orqali aniq natijalarga erishish — xalq vakillarining bosh mezonidir.

Slide 1 of 8