Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
📊 VILOYAT KENGASHI QARORI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 23-Ijtimoiyat saylov okrugi deputati Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov ishtirokida "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Ijtimoiyat mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏗 Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
💰 Dastur doirasida Ijtimoiyat mahallasiga 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda hududning ijtimoiy qiyofasini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan.
📌 Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
✅ Mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta'mirlash;
✅ "Qadriyat" ko‘chasida zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish;
✅ "Ijtimoiyat" va "Istiqbol" ko‘chalarida 1,3 kilometr piyodalar yo‘laklarini qurish;
✅ "Ijtimoiyat", "Istiqbol", "Baynalmilalchilar", "Uzumchi" va "Gulzor" ko‘chalariga 95 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
✅ "Yuksalish", "Ehtirom" va "Uzumchi" ko‘chalarini 2,6 kilometr shag‘allashtirish;
✅ "Baynalmilalchilar" hamda "Qadriyat" ko‘chalarini 3,1 kilometr asfaltlashtirish.
🔍 Monitoring davomida qurilish va obodonlashtirish ishlari belgilangan loyiha asosida olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va mahalla yettiligi vakillariga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
🤝 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi – har bir loyiha o‘z vaqtida, sifatli va shaffof amalga oshirilishini ta'minlash, ajratilgan mablag‘larning samaradorligini oshirish hamda aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratishdan iborat.
Bugungi kunda Ijtimoiyat mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Mazkur loyihalarning to‘liq va sifatli ijrosi deputatlik nazoratida bo‘lib, ularning natijasi mahalla aholisi farovonligi va hududning yanada obod bo‘lishiga xizmat qiladi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube

Slide 1 of 5