Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 9-Yangiobod saylov okrugi deputati Xasanova Durdona Otaxonovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Qonunda belgilangan vazifalarning Oltinqal’a mahallasida ijro etilishi, xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, Oltinqal’a mahallasi yoshlar yetakchisi Matkarimov Ibroxim Jumanazarovich tomonidan yoshlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi joyiga chiqib o‘rganildi. Kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishilib, qonun talablarining joylardagi ijrosi deputatlik nazorati doirasida nazorat qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4