Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI – BARCHAMIZNING MAS'ULIYATIMIZ!

👩‍💼 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna tomonidan fuqarolar murojaatlari va hududni o‘rganish jarayonida aniqlangan muammo yuzasidan Shovot tumani IIB boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.
📍 Muammo manzili:
Asavay mahallasidagi:
🚧 Guliston – 9-May ko‘chalari;
🚧 Guliston – Ma'naviyat ko‘chalari kesishmalari.
⚠️ Mazkur chorrahalarda asosiy va ikkinchi darajali yo‘llarni belgilovchi ustuvorlik yo‘l belgilari mavjud emasligi sababli transport vositalari harakati xavf ostida qolmoqda.
📊 Aniqlangan holatlar:
🚗 Joriy oy davomida 8 ta xavfli vaziyat;
🚑 3 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
📌 Deputat so‘rovida quyidagilar talab etildi:
🔹 Chorrahalarni mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish;
🔹 Zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga taqdimnoma kiritish;
🔹 Qo‘shimcha ogohlantiruvchi belgilar va yo‘l harakati texnik vositalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
🔹 Profilaktik nazorat tadbirlarini kuchaytirish;
🔹 Ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma'lumot taqdim etish.
⏳ Qonunchilikka muvofiq deputat so‘roviga 10 kun muddatda javob berilishi lozim.
🇺🇿 Fuqarolar xavfsizligi — ustuvor vazifa! Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan hududdagi muammolarni bartaraf etish va aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2