35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, DOLZARB MUAMMOLARNI TINGLADI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputatlari
N. Xamidova va J.Umarovlar tomonidan tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida muassasada yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport inshootlarining holati, mashg‘ulotlar sifati va sportchilarning natijalari bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlar jarayonida sport maktabida muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda hal etilishini kutayotgan masalalar ham mavjudligiga e’tibor qaratildi.
Jumladan, sport inventarlaridan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazani yana-da mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni saralab olish va ularni yuqori bosqich musobaqalariga tayyorlash ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va sportchilarning natijadorligi yuzasidan mas’ullarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Tuman kengashi deputatlari sport sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar uchun yana-da keng imkoniyatlar yaratish va sohada natijadorlikni oshirish muhim vazifa ekanligini ta’kidladilar.
Sport maktablari faoliyatida sifat va samaradorlikni ta’minlash esa doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Slide 1 of 7