35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
"YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, DOLZARB MUAMMOLARNI TINGLADI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tumanida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish g‘oyalarini keng targ‘ib etish hamda fuqarolarning ekologik ongi va mas’uliyatini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda tuman Kengashi deputati G.Suvonqulova ishtirok etib, Birlashgan mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida ekologik muammolarning oldini olish, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish va tabiatni asrashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Birlashgan mahallasida O‘zbekiston Ekologik partiyasining guvohnomalarini topshirish tadbiri ham tashkil qilinib, partiya safiga qo‘shilgan faol fuqarolarga tegishli hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, jamoatchilikning ekologik tashabbuslardagi ishtirokini kuchaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlarni yana-da faollashtirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3