Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONQADA YANGI BOG‘CHA QURILISHI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLAR VA INFRATUZILMA — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QO‘SHKO‘PIRDAGI “OG‘IR TOIFA”LI MAHALLA QIYOFASI O‘ZGARMOQDA: INFRATUZILMA VA MABLAG‘LAR NAZORATDA!
янв.21
URGANCH TUMANIDA YIRIK LOYIHA: 35 GEKTARLIK «EKO-TURIZM» ZONASI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI OʻZ SAMARASINI BERDI: URGANCHDA AHOLI TALABI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKASI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TASHABBUSLARI VA VOLONTYORLIK HARAKATI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI MUHOKAMA QILINDI

Mazkur masala “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Sessiyada tumanda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kengaytirish, mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Yunusobod tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3