Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Chinoz tumani. Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sherzod Botirov tomonidan tumandagi 45-sonli umumta’lim maktabida sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.

Jumladan, maktab sport zallari, ulardagi mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan maktab rahbariyati bilan muhokamalar o‘tkazildi. Xususan, sport anjomlarini yangilash, mavjud jihozlarni ta’mirlash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar yoshlarning jismoniy tarbiyasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3