Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z. Nizomiddinov, tuman prokurori, tuman Adliya bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Pastki Kerayit mahallasida aholi muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayon davomida fuqarolarni uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.