Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
DEPUTAT AXBOROTI: AHOLI BANDLIGI VA HUDUD OBODONCHILIGI — USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining “2-Islomobod” saylov okrugidan saylangan deputati B.Djumaniyazov “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. 

Deputat B.Djumaniyazov o‘z nutqida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida bajarilgan ishlar hamda tegishli tashkilotlarga yuborgan 40 dan ortiq deputat so'rovlari yuborilganini, 7 marotaba doimiy komissiya yig'ilishlarida ishtirok etganini va 1 chorak davomida 4 marta Kengash sessiyalarida qatnashib o'zining saylov okrugidagi muammolarni xal etish borasida takliflar berilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, ishsizlik muammosini kamaytirish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda mahallani obodonlashtirish borasidagi ishlar alohida ta’kidladi. 

Kelgusida ham aholi bandligini ta’minlash deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi. 

Slide 1 of 2