Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda tuman prokurori o‘rinbosari D.Raxmatov ishtirok etib, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2026 yil 1 - choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Yig‘ilish davomida jinoyatchilikni kamaytirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, ayniqsa aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan axborot yuzasidan fikrlar bildirilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4