Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
#Deputatlik_faoliyati

📚 Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati D. Safarova hamda Yoshlar maslahati guruhi raisi I. Omanboyevlar #hududdagi_madaniyat_muassasalari, muzeylar va kutubxonalar holati bilan yaqindan tanishishdi.

O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

🏛 To‘garaklar faoliyati va moddiy-texnik bazaning holati;

🖼 Eksponatlarning saqlanishi va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar;

📖 Kitob fondining yangilanishi va yosh kitobxonlar uchun zamonaviy imkoniyatlar (shinam o‘quv zallari, elektron kutubxona tizimi).

"Madaniyat va ma’rifat maskanlari — bu millatning ma’naviy poydevoridir. Bizning maqsadimiz ushbu muassasalarni yoshlar uchun eng sevimli va zamonaviy maskanlarga aylantirishdir," — deya ta’kidladi I.Omanboyev.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va muassasalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahri Kengashi axborot xizmati.

Slide 1 of 5