Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan kichik dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

📄 Mazkur “Yo‘l xarita”ning 11-bandida nazarda tutilgan yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga keng jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar ijrosi yuzasidan tuman Kengashi deputatlari Eldor Erkaboyev hamda Umurzoq Yarlakabov tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari Anvar Jabarov bilan hamkorlikda joylarda o‘rganishlar olib borildi.

Xususan,

🖐 2025-yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida jami 22 ta tanlov va loyiha o‘tkazildi.

📈 Yo‘nalishlar kesimida:

⚫️madaniyat va san’at – 3 ta,

⚫️sport – 13 ta,

⚫️IT yo‘nalishi – 1 ta,

⚫️kitobxonlik va intellektual o‘yinlar – 3 ta,

⚫️kasblar tanlovi – 1 ta,

⚫️paralimpiya yo‘nalishi – 1 ta.

Mazkur tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun 31 ta mahalladan jami 42 506 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Respublika bosqichida tuman yoshlari tomonidan jami 6 ta medal qo‘lga kiritildi:

🥇2 ta oltin,

🥈3 ta kumush,

🥉2 ta bronza.

Shuningdek, bir qator yo‘nalishlarda individual va jamoaviy tarzda sovrinli o‘rinlar egallandi.

🖐 2026-yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida:

⚫️yoshlar qamrovini yanada kengaytirish va ishtirokchilar sonini oshirish;

⚫️mahallalarda sport, madaniyat va intellektual yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov va musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish;

⚫️iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va respublika bosqichlariga tayyorlash;

ayniqsa, uyushmagan hamda imkoniyati cheklangan yoshlarni keng jalb etish;

⚫️zamonaviy infratuzilma va sharoitlardan samarali foydalanishni ta’minlash;

⚫️yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3