Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida  

Xususan, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G‘. Pirnazarov, viloyat Kengashi deputati Olim Turakulov, tuman Kengashi raisi M.Kulayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri 

B.Muxtorov hamda tuman Kengash deputatlari va kadastr bo'limi Sh.Mamatqosimovlar tomonidan tumanda Oʻzbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-son Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida qonuni deputatlar tomonidaт e'tirof etildi. Mazkur Qonun bo'yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

⭕️E’tirof etilgan xonadon egalari deputatlar tomonidan tasdiqlangan Kengash qaroridan minnatdorligini bildirib, tumanda deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan rozi ekanligini bildirib o‘tdilar.

⭕️ Shu bilan birga Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan saylovchilar bilan ochiq muloqot davomida Do‘stlik tumanidagi 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning muammolarini joyida hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

⭕️Uchrashuvlar davomida nafaqat murojaatlar tinglandi, balki mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq reja va takliflar ham ilgari surildi. Ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlaridagi sharoitlarni yaxshilash, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi)O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va pudratchilarga aniq topshiriqlar berilib, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ishlarni belgilangan muddatda va yuqori sifat darajasida yakunlash bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, loyiha ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi. BIZNI KUZATIB BORING:     🌍  Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) |  ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/DustliktumanKengashi) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61579521633372)  🌐Instagram (https://www.instagram.com/xd_deputatlar_dustlik_tuman/)| 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi)

Slide 1 of 19