Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONQADA YANGI BOG‘CHA QURILISHI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
ICHKI YO‘LLAR VA INFRATUZILMA — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QO‘SHKO‘PIRDAGI “OG‘IR TOIFA”LI MAHALLA QIYOFASI O‘ZGARMOQDA: INFRATUZILMA VA MABLAG‘LAR NAZORATDA!
янв.21
URGANCH TUMANIDA YIRIK LOYIHA: 35 GEKTARLIK «EKO-TURIZM» ZONASI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI OʻZ SAMARASINI BERDI: URGANCHDA AHOLI TALABI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKASI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TASHABBUSLARI VA VOLONTYORLIK HARAKATI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
Deputat va yoshlar uchrashuvi

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashiga 14-“Jo‘langar” saylov okrugidan saylangan deputat Raimova Gulbahor G‘aybullayevna tomonidan Sarmich MFY hududidagi 15-maktabda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbir davomida yoshlarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim grantlari, imtiyozli kreditlar, kasb-hunarga o‘qitish kurslari, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida batafsil
ma’lumot berildi.
 

Shuningdek, yoshlarni zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda o‘z ustida muntazam ishlashga chaqirildi. Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga undashga xizmat qildi. 

Slide 1 of 2