Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Zarbdor tumanida 2026-yilda ishsiz fuqarolarni ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tumanda aholining bandligini ta’minlash va ijtimoiy ehtiyojmand toifalarning mehnat bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–98-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Zarbdor tumanida 2026-yilda ishsiz fuqarolarni ish o‘rinlariga joylashtirish va zaxiraga qo‘yish tartibi belgilandi.
Qarorga ko‘ra, tumanda ish beruvchilar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjudlarini saqlab qolish va ehtiyojmand fuqarolarni ishga joylashtirish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Mehnat bozoridagi barqarorlikni ta’minlash” chora-tadbirlari doirasida ish beruvchi korxona va tashkilotlarga ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishda kamida 3 foizli kvota ajratish belgilandi.
Qarorda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:

  • ishsiz fuqarolarni vaqtincha ish o‘rinlariga zaxira sifatida joylashtirish;
  • mehnat yarmarkalari, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
  • xotin-qizlar, yoshlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;
  • tuman korxona va tashkilotlarida yaratilayotgan ish o‘rinlari to‘g‘risida hisobot yuritish va ularni tuman Kengashiga choraklik tarzda taqdim etish.

Qarorga muvofiq, ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish va ularga ehtiyojmand fuqarolarni joylashtirish jarayonida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda mahalla yetakchilari faol ishtirok etadilar.
Shuningdek, qaror ijrosini ommaviy axborot vositalarida yoritish “Zarbdor” gazetasi hamda tuman hokimligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.