Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Deputatlar tomonidan 2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

 Belgilangan mediarejaga muvofiq, tuman va viloyat Kengashi deputatlari — viloyat Kengashi deputati Q.Qo‘ziyev hamda tuman Kengashi deputati Sh. Abdug‘ofurovlar tumandagi 2-son Politexnikumda bo‘lib,
muassasada 2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida deputatlar ta’lim muassasasidagi issiqlik tizimining texnik holati, energiya tejamkor uskunalarning mavjudligi, binolarning izolyasiya holati va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va ta’lim
muassasasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida barqaror ishlashni ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi, bajarilishi nazoratga olindi. Deputatlar ta’kidlaganidek, ta’lim muassasalarida yoshlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavsumiy sovuqlar paytida issiqlik bilan ta’minlash — dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.  

Slide 1 of 7