Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Suv ta’minoti masalalari muhokama qilindi

 Suv ta’minoti masalalari muhokama qilindi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
raisi - tuman hokimi topshirig‘iga asosan tuman Kengashining doimiy komissiyalari
raislari hamda “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya
a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda asosiy e’tibor tumandagi
suv ta’minoti va sug‘orish tizimidagi mavjud holatni o‘rganish hamda bu borada amalga
oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.
 

Yig‘ilishda tuman suv yetkazib
berish xizmati davlat muassasasi direktori U.Musajonov 2025 yilning o‘tgan davri
mobaynida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Hisobot davomida fermer
va dehqon xo‘jaliklariga, aholi tomorqalariga suv yetkazib berish holati, suv ta’minoti
tizimidagi mavjud muammolar, shuningdek, mavjud tiq quduqlarning texnik holati haqida
ma’lumotlar taqdim etildi.
 

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan
tumandagi suv ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya
qilish, yangi quduqlar qazish va suvni tejamkor usullarda yetkazib berishni yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, aholi va
fermerlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida suv ta’minotida ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlash, tuman hududida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish bo‘yicha
tashkiliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
 

Yig‘ilish yakunida tuman suv
yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori U.Musajonovga muassasa oldiga
belgilangan vazifalarni ijro etish, mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish
hamda bu haqida tuman Kengashiga bir oy muddat ichida hisobot taqdim etish yuzasidan
topshiriqlar berildi.
  

Slide 1 of 5