Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Vobkent tumanida amaliy seminar o‘tkazildi.

Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligining Vobkent tuman bo‘limida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bag‘ishlangan amaliy-ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati J. Sharipov, shuningdek, tuman va shahar partiya tashkilotlari vakillari, tegishli mutaxassislar hamda mutasaddi idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, uning ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholining hayot sifatiga ijobiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, loyihani samarali amalga oshirishda o‘rmon xo‘jaliklari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va ularni amalga oshirishdagi yangi yondashuvlar muhokama qilindi.

Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligining Vobkent tuman bo‘limiga qarashli ko‘chatxona umumiy 8 gektar yer maydonini tashkil etadi. Bu yerda asosan Buxoro vohasi iqlimiga mos yaproqbargli va mo‘tadil-issiq sharoitlarga chidamli 18 turdagi ko‘chatlar yetishtirilmoqda. 

Ko‘chatlar agrotexnik talablarga qat’iy rioya etgan holda parvarish qilinadi. Hozirgi kunda mavsumga tayyor manzarali ko‘chatlar va butalar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, ular asosan Buxoro shahri, Vobkent va Buxoro tumanlaridagi hududlarga talabdan kelib chiqqan holda yetkazib beriladi.

Seminar davomida ishtirokchilarga manzarali ko‘chatlarni yetishtirish texnologiyasi, ularni to‘g‘ri parvarishlash jarayonlari, sug‘orish va oziqlantirish tizimi, hamda boshqa hududlarga ko‘chirib o‘tkazilganda ko‘chatlarning yashovchanligini ta’minlash usullari bo‘yicha atroflicha amaliy va nazariy ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va yangi ko‘chatlar yetishtirish hajmini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 10