Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva tomonidan o‘ziga tegishli hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘rganilmoqda. Jarayonda deputatlar bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati hamda bolalarga yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida:

tarbiyalanuvchilar uchun ovqatlanish sifati va gigiyena talablari;

xonalar va o‘quv maydonchalari sanitariya holati;

tarbiyachilar va xodimlarning ish sharoitlari;

o‘quv dasturlari hamda mashg‘ulotlarning samaradorligi o‘rganildi.

Deputat N. Ruziyeva tashkilotlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berdi. Shuningdek, aholining murojaatlari ham inobatga olinib, kelgusida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida hududlarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, bolajonlar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

Slide 1 of 7