Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Yoshlar bandligi va oilalar manfaatlari doimiy e’tiborda

 Yoshlar bandligi va oilalar manfaatlari doimiy e’tiborda 

  Quva tumanida
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari
qo‘mitasi raisi Orzigul Qo‘zixonova rahbarligidagi viloyat ishchi guruhi
tomonidan qator yo‘nalishlardagi ishlar o‘rganildi.
 

  Tashrif
doirasida, avvalo, tumanda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining
bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga munosib tayyorlash va yangi ish
o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Shuningdek,
voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha tuman komissiyasi faoliyati
o‘rganilib, yosh avlod tarbiyasi va ularning huquqlarini himoya qilishda amaliy
yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.
 

  O‘rganish
jarayonida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari Dilafruz Qosimova hamda viloyat tadbirkor ayollar markazi rahbari
Diloromxon Mexmonova ham ishtirok etib, ta’lim tizimi va xotin-qizlarning
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar yuzasidan o‘z taklif
va mulohazalarini bildirdilar.
 

  Mazkur tashrif
va o‘rganishlar tumanda yoshlarning bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish, shuningdek, oilalar
farovonligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 6