Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva 3-So‘zangaron saylov okrugiga qarashli “Charmgari” mahallasi yettiligi faollari bilan uchrashdi va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva 3-So‘zangaron saylov okrugiga qarashli “Charmgari” mahallasi yettiligi faollari bilan uchrashdi va aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qildi

💠Dastlab deputat N. Abdullayeva, O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri J. Xo‘jamqulov mazkur mahalla yettiligi bilan suhbatlashdi.

⚡️Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, ish bilan band etish va korrupsiya masalalariga alohida to‘xtaldi. 

📌Saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi va deputat tomonidan nazoratiga olindi.

                                             

⚡️ Deputat N.Abdullayeva aholi, yosh bolali ayollar, nogironlar uchun yengillik yaratish maqsadida tibbiy ko‘rikka bosh bo‘ldi.

📌Tibbiy ko‘rik davomida 30 ga yaqin fuqarolar qon tahlili, EKG, UTT diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazilib, revmatolog, kardiolog, oftalmolog, nevropatolog, terapevt, proktolog mutaxassislari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi va o‘zlari uchun tegishli maslahat hamda tibbiy muolajalarni oldilar. 

⚡️Bugungi kunda mazkur bepul tekshuruvlar onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, umr uzoqligini ta’minlash, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish maqsadida, loyiha doirasida, jumladan: ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan xavfli kasalliklar oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini bayon etish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilishdan iborat. 📌Ko‘rik davomida shifokorlar mazkur mahalladagi yotib qolgan bemorlar xonadoniga borib tekshiruvlar o‘tkazdilar, aniqlangan ma’lumotlar mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, aniq asoslantirilgan taklif va tavsiyalar berildi.

⚡️Shuningdek, oldingi murojatlarda mahalla hududidagi simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish masalasi aholi tomonidan ko‘tarilgan bo‘lib, deputat tomonidan bu masala ijobiy hal etilganligi mahalla raisi va aholi tomonidan eьtirof etildi.

Slide 1 of 8