Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
URGANCHDA 50 O‘RINLI YANGI BOLALAR BO‘LIMI TASHKIL ETILISHI KUTILMOQDA
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI — AHOLI QULAYLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA INFRATUZILMASI VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLALARDA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI: DEPUTATLAR VA TADBIRKORLAR MULOQOTI
янв.21
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.
янв.21
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI: URGANCH SHAHRI MAHALLALARIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?
янв.21
“YASHIL MAKON”: XORAZM VILOYATI KENGASHI DEPUTATLARI XAYRLI TASHABBUS BOSHIDA
Deputatning saylovchilari oldida Axboroti

    Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi deputati Yoʻldosheva Muattar Abdurashidovna 2025-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan Oltish va Yangibogʻ mahallasi 11-saylov okrugi saylovchilari oldida axborot berdi.

    Hisobot yigʻilishi ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, unda mahalla faollari, tuman hokimligi vakillari, ijtimoiy soha mutasaddilari, mahalla yettiligi hamda saylovchilar ishtirok etdilar. Yigʻilish davomida deputat oʻz faoliyati jarayonida amalga oshirgan ishlar, fuqarolardan tushgan murojaatlar va ularning yechimi boʻyicha erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

   Uchrashuv davomida Oltish hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, xonadonlar, hududda joylashgan DMTT va taʼlim muassasalari kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi qay darajada ekanligi bilan qiziqib, amaliy tashabbus koʻrsatdi.

   Uchrashuv soʻngida saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2